Umidjon va Zilola uchrashuvga chiqishadi. Ikkovi bir-birini yoqtirib qolib, turmush qurishadi. Toʼydan soʼng, Zilola homilador boʼlib, koka-kola ichimligiga boshqorongʼi boʼladi. Bir kuni homilador Zilola tush koʼrib, tushida daraxtda koka-kola va banan pishib turganini koʼradi. Soʼng, uygʼonib, darrov banan yegisi kelib qoladi. Аmmo, xolodilьnikdagi bananni qaynotasi yeb qoʼyadi. Shundan soʼng, Zilola Umidjonni kechasi banan olib kelishga koʼndiradi. Umidjon banan qidirib koʼchaga chiqib ketadi va tonggacha turli ziddiyatli voqealarga duch keladi. Umidjon tonggacha banan topib kela oladimi? U yoʼqligida uyida qanday hodisalar sodir boʼladi?