Shuhrat aka yolgʼondan hazillashishni yaxshi koʼradigan inson boʼlib, doʼstlarini doim aldab, soʼng, “hazillashdim” deb qutiladi. Doʼsti Xalil akaga choyxonada “sigiring harom oʼlay deyapti”, deb uyiga yugurtirib, rosa kuladi. Soʼng, koʼchada qoʼshni yigit Lazizga “Xalilning oʼgʼli Damasini urib olibdi! Oʼgʼlining oʼzi reanimatsiyada yotibdi! Oxirgi marta bolasini tirik koʼrib qolsin!” borib aytgin, deb tayinlaydi. Laziz borib, Xalil akaga shu gaplarni aytadi. Xalil aka qoʼrqib ketadi. Qarasa, yana hammasi Shuhrat akaning hazili boʼlib chiqadi! Katta janjal boʼladi. Аmmo, ogʼaynilari ularni yarashtirishadi. Hammalari yarashib, baliq oviga koʼlga borishadi. Аmmo, u yerda ham Shuhrat aka ogʼaynilarining uxlab qolishganidan foydalanib, yana hazil qiladi. Lekin, bu safargi hazili uning oʼziga juda qimmatga tushadi. Аynan shu hazil tufayli, oʼz boshiga qanday muammolar kelishidan Shuhrat akaning oʼzi ham bexabar edi...