Otabek novvoyning qizi kasal ruhiy tushkunlikka tushib qolgan. Kun boʼyi uyda xomush yotadi. Otabek aka qizini tuzalishi uchun hamma narsaga tayyor edi. U qiziga “har qanday istagingni bajo keltirishga tayyorman” deb soʼz beradi. Shunda qizi uning qoʼliga roʼyxat tutqazadi. Unda u oʼz tugʼilgan kuniga “Mango”, “Benom”, “Аfruz” va yana boshqa guruhlarni mehmonga aytib berishini soʼragan edi. Otabek aka buni eshitib, oʼsha guruhlarni qidirib yoʼlga tushadi. Otabek aka bu guruhlarni oʼz qizining oddiygina tugʼilgan kuniga kelishga koʼndira oladimi? Otabek akaning qizi ruhiy tushkunlikdan tuzalib keta olarmikan?