«Sog'inch» (Согинч, комедия, мелодрама, семейный, узбекистан, 2010) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Sog'inch

Согинч

--
--
12+
Год:2010
Ozodni chaqaloqligida ota-onasi buvisining qoʼliga tashlab, oʼzlari ishlagani chetga ketishgan edi. Keksa buvisi maktabga chiqish vaqti kelganda, qiynalib, uni internatga topshiradi. Ozod internatda tarbiyachisi Gulya opaga mehr qoʼyadi. U oʼshanda yoshroq qiz boʼlib, Ozoddan taxminan 7-8 yosh katta edi. Аmmo, oradan bir yil oʼtar-oʼtmas Gulya turmushga chiqib, internatdan ishdan boʼshab ketadi. Oradan yillar oʼtadi. Ozod katta boʼlgach, oʼqishga kirolmay, doʼstlari bilan oʼgʼrilik koʼchasiga kirib ketadi. Bir kuni oʼgʼrilikning ortidan katta pul topib, doʼstlari bilan ichkilik ichishadi. Uyga qaytganda, buvisi undan norozi boʼlib, koʼchaga haydaydi. Ozod mast holatda koʼchada ketayotganda, tasodifan tarbiyachisi Gulya opani eri urishib, mashinada olib kelayotganini koʼrib qoladi. Uning eri Ozodni mashinada urib yuboray deydi. Darrov tormoz berib toʼxtatadi. Ozod Gulya opasini tanib qolib, gapirganda, uning eri buni notoʼgʼri tushunib, xotinini urib, oʼsha yerga tashlab ketadi. Shu tarzda, Ozod va Gulyaning hayot yoʼllari yana birlashadi. Аmmo, hayot qiyinchiliklaridan charchagan Gulya yosh yigitning muhabbatini qabul qila olarmikan?