Mirfayoz oddiygina yigit. Uning onasi non yopadi, u esa, oʼsha nonlarni har kuni sotib keladi. Oʼzi kollejda oʼqiydi. Buning ustiga kollejdagi tengdoshlari Botir, Zokir, Shokir uni “piyoz” deb, doim kamsitib, haqoratlashadi. Uni kollejda birgina “ushlab” turgan bu goʼzal qiz Laylo edi. Аmmo u ham, Mirfayozni himoya qilolmasdi. Mirfayoz doim siqilganida kollej yaqinidagi tepalik ustida xomush oʼtirardi. Kunlardan bir kuni u oʼsha tepalikda tasodifan bir qadimiy chiroqni topib oladi. Uni ichidan jin chiqib, Mirfayozga 3 ta tilagini bajo keltirishini aytadi. Mirfayoz qoʼrqib ketadi. U qanday tilaklarini jinga aytadi? Mirfayozning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Jin bilan uchrashuv uning taqdirini oʼzgartira oladimi?