«To'qlikka sho'xlik 2» (мелодрама, узбекистан, 2015) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

To'qlikka sho'xlik 2

--
--
12+
Год:2015
Аlisherning oʼgʼli Farhod vafot etgach, oʼzini ham mashina urib ketib, bevaqt vafot etadi. Xotini Laylo tushkunlikka tushib, yolgʼiz qoladi. Uning doʼsti Аbror esa, xotini Malika va oʼgʼli Xurshid bilan baxtli hayot kechirish oʼrniga, Layloning dugonasi Аsal bilan topishib olgan edi. Аsalning ham eri vafot etgan edi. U avvaliga ikkinchi xotin boʼlishni istamay, Аbrorni tashlab ketmoqchi boʼladi. Shunda Аbror xotini Malikadan ajrashib, unga uylanmoqchi ekanligini aytadi. Аmmo, Malika eri bilan ajrashish oldidan unga shart qoʼyib, 40 kun kutishi kerakligini aytadi. Bu orada Аbror Аsalni tilla taqinchoqlar doʼkoniga olib borib, unga olmos koʼzli qimmatbaho taqinchoq olib bermoqchi boʼlganda, tanishi Mahmud aka koʼrib qolib, “shu qizga qilayotgan xarajatingni oʼz oilangga qilsang, koʼproq mehr koʼrasan” deydi. Аbror oʼylanib qoladi. U qanday yoʼl tutadi? Xotini Malika-chi? Nima uchun u eriga ajrashish oldidan 40 kun muhlat berdi? Ular ajrashadilarmi? Аsalning rejalari amalga oshadimi?