«Alamli taqdir» (мелодрама, узбекистан, 2023) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Alamli taqdir

--
--
12+
Год:2023
Madina bir necha marta homilador boʼlib, farzandlari tugʼiliboq nobud boʼlgani uchun, ancha yurak oldirib qoʼygan edi. Oxirgi marta homilador boʼlib, koʼzi yoriganida, qaynonasi “agar shu bolaga ham biror narsa boʼlsa, unda oʼgʼlimni ajratib olib, boshqa qizga uylantiraman” deb shart qoʼyadi. Madinaning bu bolasi ham juda nimjon tugʼiladi. Shunda uning oʼsha tugʼruqxonadagi shifokor ammasi, Madinaning nimjon bolasini boshqa bir ayolning sogʼlom farzandi bilan almashtirib qoʼyadi. Buni bilib qolgan Madina ammasi bilan urishganida, ammasi shunga majbur boʼlganini, agar shunday qilmaganda, u oilasi bilan ajrashib ketishi mumkinligini aytadi. Madina noiloj birovning bolasini bagʼriga bosib, “bolam” deyishga majbur boʼladi. Аmmo, uning oʼz oʼgʼli taqdiri nima boʼladi? Uning farzandi qaerda va tirikmi? U oʼgʼlining oʼrniga qoʼliga olgan bolaning taqdiri qanday kechadi?