"Nigina va Jahongir bolalikdan bir-birlarini sevishadi. Ularning toʼy kuni ham belgilanadi. Аmmo, Jahongir oʼz tugʼilgan kunini tungi kafeda nishonlamoqchi boʼladi. Nigina uni chiroyli tabriklaydi. Soʼng, vaqtliroq uyga ketmoqchi boʼladi. U tungi soat 21.00 gacha uyga yetib borishi kerak edi. Jahongir uni yana biroz oʼtirishga undaydi. Nigina rozi boʼlmaydi va xayrlashib tashqariga chiqib ketadi. Shunda Jahongir uni kuzatib qoʼyish uchun ortidan chiqadi. Bu vaqtda Nigina tashqarida turgan bezori yigitlarga urilib ketadi. Jahongir qiz uchun uzr soʼrab, ularni tinchlantirib oʼtib ketadi. Soʼng, Niginani taksiga oʼtkazib, uyiga joʼnatib ortga qaytganda, bezori yigitlar uning gʼururiga tegadigan gap aytishadi va natijada janjal chiqib, bezorilar Jahongirni pichoqlab qoʼyishadi. Doʼstlari tezlik bilan Jahongirni kasalxonaga yetkazib olib borishadi. Аmmo, Jahongir kasalxonada vafot etadi. Buni eshitgan Nigina nima qilishini bilmay qoladi... Chunki, Jahongir uning hayoti mazmuni edi. Endi Niginaning taqdiri qanday kechadi? Jahongirning qotillari jazolanadimi? Nigina oʼzini oldinda nimalar kutayotganidan bexabar edi...
"