«Ishq» (мелодрама, узбекистан, 2016) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Ishq

--
--
12+
Год:2016
Obroʼ-eʼtiborli va jiddiy qiz Dildorani dugonasi, aldab tungi klubga olib keladi. U yerda esa, unga bir yigit ilashib qoladi. Yigitdan qutilish uchun, Dildora hojatxonaga kirib, yashirinishga majbur boʼladi. Аmmo, yigit uni yoʼlakda, chiqaverishda kuta boshlaydi. Shunda u yerdagi qoʼriqchi Firdavs, vaziyatni tushunib, bezori yigitni koʼchaga olib chiqib tashlaydi. Dildora vaziyatdan foydalanib, klubdan chiqib qochadi. Аmmo, bu ishi uchun Firdavs ishdan haydaladi. Dildoraning liboslar ishlab chiqaradigan oʼz firmasi bor edi. Shu voqeadan soʼng, u oʼz sevgan yigiti bilan yarashadi. Bir kuni mashinasini avtoservisda tuzattirmoqchi boʼlganda, Firdavsni u yerda ishlashini koʼrib, hayron qoladi. Firdavs uning mashinasini tuzatib beradi. Yana bir necha kun oʼtgach, restoranda tugʼilgan kunini nishonlayotganda, Firdavsning u yerda ofitsiantlik qilayotganligini koʼradi. Vaqt oʼtib, Dildora Firdavsni yoqtirib qoladi. Аmmo, Firdavs aslida kim? U oʼzini kim qilib koʼrsatyapti?