Maqsadning ota-onasi vafot etgach, buvisi Roʼzixon aya, ikkovini bir amallab katta qilishga urinadi. Maqsad singlisi oʼqishi uchun, oʼzi oʼqishni tashlab, novvoy boboga yordamchi boʼladi! Kuni bilan non tashiydi, mehnat qiladi. Аmmo, singlisi Nazirani oʼzi istagandek shifokorlikka oʼqitadi. Otadek avaylab katta qiladi. Аmmo, oʼzi ogʼir xastalikka chalinsa ham, parvo qilmaydi. Hattoki, xotini “Oʼzingizni ham oʼylasangiz-chi?” desa ham, eʼtibor qilmaydi. Nazira shifokorlikda ulkan yutuqlarga erisha boshlaganida, bir kuni Maqsadning ahvoli ogʼirlashadi. Shundagina Nazira akasining ogʼir betobligidan xabar topadi. U qanday yoʼl tutadi? Shuncha bemorlar dardiga shifo topgan Nazira, oʼz akasini davolay oladimi?