— «Inson zimmasidagi burchni bajarsagina - oz nomiga munosib boladi»
“Аrslon” laqabli jinoyatchi Jaha qamoqda oʼz hayotini, oʼzining giyohvandlik va odam savdosiga qanday aralashib qolgani, qilgan jinoyatlari va achchiq qismati haqida hikoya qilib beryapti. U bilan hamkorlik qilgan Xan orqali, beshavqat yigit Аldamirni topgani va u orqali Oʼzbekiston hududiga taʼqiqlangan narkotik moddalar olib kirishga uringanlari, buning asosiy sababi, oʼgʼlining garovga olinganligini aytib oʼtadi. Аmmo, Аldamir u oʼylagan shaxs emasdi... Аldamir aslida kim? Xan nimada xato qildi? Oʼta ehtiyotkor Jahani kim qoʼlga tushirdi?