Аlini ota-onasi uylantirishmoqchi. Аmmo, u uylanishni hohlamaydi. Shuning uchun, oʼz ota-onasiga yolgʼondan “sevgan qizim bor” deydi. Ota-onasi ham boʼsh kelmay, “oʼsha qizning suratini koʼrsat” deb, talab qilishadi. Shunda “BMT” laqabli doʼsti Komil unga biror qizning suratini koʼrsatib yuborishni maslahat beradi. Аli ham, oʼylab oʼtirmay kursdoshi eng aqlli talaba Malikaning suratini koʼrsatadi. Baxtga qarshi, qiz uning ota-onasiga juda yoqib qoladi. Ular Malika bilan “tasodifiy” uchrashuv uyushtirishni soʼrashadi! Noiloj qolgan Аli kursdoshi Malikaga vaziyatni tushuntiradi. Malika noiloj rozi boʼladi. Malikani yaqindan koʼrgan Аlining ota-onasi shoshib qolishadi. Shunday yaxshi qizni qoʼldan chiqarish kerak emas, deb darrov sovchilikka borib, unashtirish uchun, Аlidan uning uy manzilini soʼrashadi. Buni kutmagan Аli shoshib qolganidan, noiloj doʼsti Komilning uy manzilini berib yuboradi. Аlining ota-onasi oʼsha manzilga sovchilikka borishadimi? Аlining oʼzi Malikada koʼngli bormi? Аlining yolgʼonlari qachongacha davom etadi?