«Ayriliq 2» (Уз Видео, Айрилик 2, драма, узбекистан, 2015) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Ayriliq 2

Айрилик 2

--
--
12+
Год:2015
Жанр:Драма
Аlisher rafiqasi homilador Marjona bilan xorijda baxtli hayot kechirayotgan edi. Kutilmaganda qaynsinglisi Maftuna, uning doʼsti Jahongir bilan ularni koʼrgani kelishadi. Jahongir Maftunani sevardi. Hammalari birgalikda shahar aylanib, xursand yurishgan kunlarning birida, Marjonaning tobi qochadi. Qizchasini vaqtidan avval dunyoga keltirib, oʼzi hayotdan koʼz yumadi. Rafiqasining vafotidan soʼng, Аlisherni xorijda hech narsa ushlab turolmasdi. U yurtga qaytadi. Аmmo, bevaqt onasidan ayrilgach qizchasi faqatgina xolasi Maftunaga oʼrganib qolib, qiynalardi. Shuning uchun, Maftuna doim ularnikida edi. Uni opasi Marjonaning ruhi bezovta qilardi. Аlisherning onasi va singlisi qizchani Maftunaga oʼrganib qolganligini koʼrib, Maftunani Аlisherga turmushga chiqishga koʼndirmoqchi boʼlishadi. Maftuna ikki oʼt orasida qoladi. Bir tarafda yetim jiyanini oʼylasa, ikkinchi tarafda oʼz sevgisini oʼylab, nima qilishni bilmay qoladi. U Аlisherga turmushga chiqadimi? Jahongir oʼz sevgisi uchun kurashadimi? Maftuna va Jahongirni oldinda qanday taqdir kutyapti?