Аbdu polvon togʼda qorda Shamsiddin ismli yigitni qutqarib qoladi. Uni dushmani Shuhratning otasi oʼldirtirib yubormoqchi boʼlgandi. Аmmo, Аbdu polvon buni tasodifan koʼrib qoladi va Shamsiddinni qutqarib qoladi. Shamsiddinning otasi juda badavlat va mavqeyi baland inson edi. U oʼgʼlini qutqarib qolgani uchun, Аbdu polvonga katta inʼom bermoqchi boʼlsa, u rad etadi. Chunki, Аbdu polvon gʼururi osmon qadar inson edi. U farzandlari, oʼgʼli Sodiq va qizi Charosni, haqiqiy boylik, deb hisoblardi. Shamsiddin esa, Аbdu polvonning uyida davolanib, oʼziga kelgan vaqtida Charosni koʼrib, yoqtirib qolgan edi. U Charosga uylanish istagida edi. Аmmo, badavlat otasining Аbdu polvonga sal mensimay qilgan muomalasi, qizning otasini gʼururiga tegadi. Ziddiyatli vaziyat yuzaga keladi. Bu vaqtda esa, Shamsiddin oʼzini oʼldirmoqchi boʼlgani uchun Shuhratning otasidan ham qasd olish istagida edi... Shamsiddinning taqdiri qanday kechadi? U oʼzi orzu qilgandek Charosga yetisha oladimi?