Аsatillo Samarqandlik boʼlib, xotini Robiya bilan totuv yashashadi. Аmmo, eru xotinning 4 ta bolasi tugʼilib vafot etgan. Robiya beshinchi bolasini dunyoga keltirish arafasida, toʼlgʼoq tutayotganda yerga yotib olib, nola qiladi. Farzandiga umr berishini yaratgandan soʼraydi. Niyati amalga oshib, bolasi tirik qoladi. Oʼgʼliga Poʼlat, deb ism berishadi. Oʼgʼli Poʼlat voyaga yetgach, xoʼjalik raisi boʼlib, mehnatdan tinmaydi. Keksayib qolgan otasi Аsatillo xoʼjalikni kengaytirish uchun boʼsh yotgan yerni olib, oʼzlashtirmoqchi boʼladi. Аmmo, ularning qishloqdoshi badavlat Аvaz ham shu yerga koʼz tikkan va chet eldan hamkorlar ham topgan edi. Yer kimga nasib etadi? Poʼlat va Аvaz oʼrtasida ziddiyatli vaziyatning yechimi qanday boʼladi?