Ismoilbekning kelini Zebo juda mehribon ayol boʼlib, eri Murodga va 2 farzandiga gʼamxoʼr edi. Kunlardan bir kuni Zebo tasodifan avtohalokatga uchrab vafot etadi. Kelinining oʼlimi Ismoilbekka qattiq taʼsir qilib, u falaj boʼlib qoladi. Oilada uning oʼrni qattiq seziladi. Murodbek otasi va farzandlarini oʼylab, ularga qarash uchun xizmatchi yollashga qaror qiladi. Shu tarzda bu xonadonga pedagog Sohiba kirib keladi. Аmmo, Murodbekning farzandlari uni xushlamay qarshi olishadi. Sohiba onasiz koʼngli yarim goʼdaklarning koʼngliga yoʼl topishni uddalay oladimi? U qaygʼuga botib, falajlikka yoʼliqqan keksa Ismoilbekka gʼamxoʼrlik qila oladimi? Murodbek-chi? U farzandlarining onasi Zeboni unuta olarmikan?