Sulaymon otaning oʼgʼli Jasur nomard yigit va bemehr yigit boʼlib, xotini Nargizaning chizgan chizigʼidan chiqolmaydi. Nargiza esa, Sulaymon ota yashayotgan uyni sotib, puliga xorijga ketish istagida edi. Аmmo, Sulaymon ota uyni nabirasiga vasiyat qilmoqchi edi. Bundan kelinning jahli chiqib, Sulaymon otani sudga beradi. Jasur xotinining yonini olib, sudda oʼz otasini yomonlab, u bilan yashab boʼlmasligini, bor topgan puli otasining dorilariga, xarajatlariga ketayotganligini aytib noliydi. Natijada, Jasur xotinining gapi bilan oʼz otasini yashab turgan uyidan mahrum qiladi. Soʼng, bechora Sulaymon otani “Qariyalar uyi”ga joylashtiradi. Bu yerda esa, unga oʼxshab, oʼz farzandlaridan jabr chekkanlar koʼp edi...