Аkmal aka vafot etgach, homilador rafiqasi Manzura yangi tugʼilgan qizchasidan ayrilib, aqldan ozadi. Vaqt oʼtib, biroz oʼziga kelgan ayolga oʼgʼli Temur suyanchiq boʼladi. Temur singlisi Nafisaga ham juda mehribon edi. Temurning oʼzi Dildora ismli badaavlat xonadon qiziga koʼngil qoʼygan edi. Аmmo, Dildoraning otasi ularning toʼyiga qarshilik qiladi. Shunda Dildora Temurni tanlab, uydan ketadi. Аmmo, bu vaqtda Temurning singlisi Nafisani eri Sadr urib, ogʼir tan jarohati yetkazadi. Nafisa kasalxonada davolanib chiqqach, homilador holida uyga qaytishga majbur boʼladi. Uyda esa, Nafisa va Dildora oʼrtasida ziddiyat kelib chiqadi. Temur ikki oʼt orasida qoladi. U qanday qaror qabul qiladi? Joni azobda qolgan Temur kimni tanlaydi? Singlisinimi, yoki uni deb, oʼz otasidan kechgan homilador rafiqasinimi?