Аkmal va Munisa sevishib turmush qurishadi. Аmmo, oradan yillar oʼtsa ham, ular farzand koʼrisholmaydi. Аtrofdagi qoʼshnilarning allaqachon farzandli boʼlganlari, yosh oilaning umid chirogʼini yanada soʼndiradi. Bu orada qaynonasi ham, kelinini ayblay boshlaydi. Аkmal esa, dardi ichida, nima uchun farzandli boʼla olmayotganlari sababini yaxshi bilardi! U bir yosh bolaga yordam qilaman, deb sovuqda qolib ketgan va buning oqibatida, ichki aʼzolari qattiq shamollagan edi... U bu haqida rafiqasiga aytolmay ezilardi. Bu orada Munisaning sobiq sinfdoshi, bir vaqtlar unga uylanmoqchi boʼlib rad javobini olgan Ibrohimning Munisa ishlayotgan maktabga direktor boʼlib kelishi, vaziyatni yanada chigallashtiradi. Oxiri Аkmal oʼzi uchun juda ogʼir boʼlgan bir qarorga keladi... Аkmal va Munisaning taqdiri qanday kechadi? Ular farzandli boʼla oladilarmi?