Otabek Durdonani sevadi. Lekin, uning ammasi kelinni oʼzi sumalak kastingdan oʼtkazmoqchiligini bildiradi. Chunki, Otabeknikida sumalak bazm boʼlayotgan edi. Uning mahallasidagi Rahmatulla va Quddus ismli bolalar esa varrak musobaqasida qatnashmoqchi boʼlishadi. Аmmo, Rahmatulla shu kungacha biror marta ham yutqazmagan boʼlsa, Quddus hattoki varrak yasashni ham bilmasdi... U varrak musobaqasida yuta olarmikan? Qoʼshni Sanjar akaning 3 ta qizi bor. Kamiga xotini homilador boʼlib, farzand jinsini aniqlattirsa, 2 ta egizak qiz tugʼishi maʼlum boʼladi. Sanjar aka buni eshitib, jahl ustida xotinini haydab yuboradi. Sanjar aka bilan, xotini va qizlarining taqdiri qanday kechadi? Otabekning sevgilisi Durdona, uning ammasini “sumalak kasting”idan oʼta olarmikan?