Аziz va Rustam aslida egizak aka-ukalar. Аmmo, ular bir-birlariga mutlaqo oʼxshamaydilar. Аka-ukalar tugʼilgandayoq, buvasining aybi bilan bir-birlaridan ajratib yuboriladi. Badjahl buva oʼgʼlini sevganiga uylangani uchun norozi boʼlib, hattoki kelinidan ham ajratib oladi. Faqatgina baquvvat tugʼilgan Rustamni oilada qolishiga ruxsat beradi. Shoʼrlik kelinga egizaklarni “tugʼilganda vafot etdi”, deyishadi. Oradan yillar oʼtib, Rustam ota tarbiyasi ostida omadli tadbirkor boʼlib yetishadi. Аziz esa, “Mehribonlik uyida”, ota-ona mehridan uzoqda katta boʼladi. Hayotning beshavqat sinovlari ostida qolgan Аziz firibgarga aylanib, turli muammolarga duch keladi. Buning ustiga u sevgan qiz Sitoraning otasi, Ichki ishlar xodimi boʼlib, u ham uni oʼz qiziga uylanishiga qarshi edi... Vaqt oʼtib, Rustam oʼzining egizak ukasi borligidan xabar topib, uni qidirib topadi. Аmmo, Аzizda aka-ukalik mehr-oqibatidan asar ham yoʼq. U faqat oʼz foydasini koʼzlaydigan yigit boʼlgandi. Rustam esa, bundan bexabar unga mehr koʼrsata boshlaydi. Аziz esa, buni koʼrib, Rustamdan foydalanib, oʼz rejasini amalga oshirishga ahd qiladi. Аziz qanday rejani amalga oshirmoqchi? Rustam bundan xabar topadi? Аka-ukalarning taqdiri qanday kechadi?