Davlat Mehribonlik uyida oʼsgan, oʼz mehnati bilan pul topib, muvaffaqiyatga erishgan badavlat yigit. Kutilmaganda u oʼzini tuzalmas dardga chalingani va bir yillik umri qolganligini bilib qoladi. Shunda u oʼzidan soʼng, merosxoʼr qolishi uchun uylanishga qaror qiladi. Аmmo, bir yillik umri qolgan insonga kim ham turmushga chiqishi mumkin? Davlatning doʼsti Jamshid hamkasbi Nodira orqali shunday qizni topadi. Robiya oilaviy sharoitidan kelib chiqib, Davlatga turmushga chiqishga rozi boʼladi. Аmmo, u Davlatdan bir sirni yashirayotgan edi. Bu qanday sir? Davlat va Robiya turmush qurishadimi? Ularning kelgusi taqdiri qanday kechadi?