Ikrom akaning egizak oʼgʼillari Hasan va Husan, tashqi qiyofasi oʼxshash boʼlsa ham, aslida xarakteri yer bilan osmondek farq qiladi. Hasan firma rahbari boʼlsa, Husan esa, rassom. Hasan qattiqqoʼl, Husan esa, romantik yigit. Husan oila aʼzolari bilan tortishib, uydan ketishga va doʼsti Goga bilan ijarada yashashga majbur boʼladi. Bu orada Husan tasodifan Hasanning firmasida ishlaydigan Zarifani sevib qoladi. Shundan soʼng, hiyla ishlatib, vaqtinchalik Hasanning oʼrnini egallashiga toʼgʼri keladi. Husan, Hasanning ishini eplay oladimi? Hasan-chi? U Husan uning oʼrnini egallashiga qanday yoʼl qoʼydi? Zarifa aslida kimga koʼngil qoʼygan? Hasangami yoki Husanga?