Film bosh qahramon Zabargad nomi bilan atalgan. Zabargad butun film davomida o‘zini izlashda bo‘ladi va hayotdagi qiyin sharoitlarga qaramay, o‘z idealiga sodiq qoladi. Ssenariy muallifi Erkin Azamning so‘zlariga ko‘ra, "Zabargad" (xrizolit) — noyob tosh, "Zabargad" esa — noyob qiz. U boshqalarga o‘xshamaydi va ular kabi bo‘lishni ham xohlamaydi.