Shomurod oʼz xotini Durdona bilan tinimsiz urishaveradi. Bir kuni ikkovi mana shu urishishlarning oqibatida kutilmagan holatga duch kelishadi. Ularning qizi betob boʼlib qoladi. Eru xotin doriga pul ishlash uchun, badavlat bir insonning uyini tozalashga borishadi. U yerda ular oʼzlari kutmagan holda bir jinoiy ishga guvoh boʼlib, aybsiz aybdorga aylanishadi. Shomurod va Durdonani xonadon egalari katta miqdordagi pulni oʼgʼirlaganlikda ayblab, qamab qoʼyishadi. Ular u yerdan bir amallab qochib chiqishadi. Shaharda ularga qidiruv eʼlon qilinadi. Endi ular oʼsha pullarni topishlari va oʼzlarining jinoyatchi emasliklarini isbotlashlari kerak edi. Shomurod va Durdona buning ustidan chiqa olishadimi?