Korxona rahbari Olim aka safarga ketish oldidan xorijga ketgan oʼgʼli Rustamni korxonaga boshliq qilib tayinlab ketadi. U Jalil akaga oʼgʼli Rustamga yordam berishni tayinlaydi. Аmmo, Jalil aka Rustamni koʼrmagan edi. Rustam otasining mashinasida ishga kelayotib, bir vaziyat sabab, mashinani doʼsti Jamshidga topshiradi. Jamshid mashinani haydab korxonaga kelganda, Jalil aka uni boshliqning oʼgʼli Rustam deb, oʼylaydi. Piyoda ishga kelgan Rustamni esa, ishchi deb, oʼylab, unga qoʼpol muomala qiladi. Korxonadagi haqiqiy ahvolni bilib olgisi kelgan Rustam, vaqtincha, haqiqatni oshkor qilmay, ishchi boʼlib ishlashda davom etadi. Jalil aka hali bu ishlarning oqibatidan bexabar edi...