Joniqul shaharga kelib, oʼzicha zamonaviylashib qolgan edi. Ismini ham Joni, deb oʼzgartirib olgandi. U yashaydigan koʼp qavatli uyga qishloqdan onasi, togʼasi, akasi va kelinoyisi, mehmonga kelishadi. Ular shahardagi qonun-qoidalarni bilishmaydi. Hammalari birga mashina olish uchun avtosalonga borishadi. Аvtosalonda esa, Zarinani bu yerga ishga kirishi uchun, uning dugonasi tashqi qiyofasini zamonaviylashtirib, ismini “Zarinka”, deb oʼzgatiradi. Joniqulni onasi zamonaviy shaharlik qizga uylantirish niyatida edi. Zarinka uning bu niyatiga juda mos keladi. U oʼgʼlini Zarinkaga uylantiradi. Аmmo, Zarinkani ham, aslida qishloqdan ekanligini u bilarmikan?