Badavlat tadbirkorning 4 ta qizi bor. U 3 ta qizini uzatgan. Kuyovlarini taʼminlab qoʼygan. Xotini bevaqt vafot etgan. Oʼzi esa, Salimaxonni sevadi. Аmmo, kenja qizi Sevarani uzatmaguncha uylanmoqchi emas! Uning kuyovlari qaynotasining boyligidan foydalanib yashashadi. Biri qassob, biri bozorda savdo qiladi. Uchinchisi omadi yurishmagan sanʼatkor. Unga qaynotasining pullari ham, muvaffaqiyat qozonishiga yordam bera olmagan. Shuning uchun ham, bu uch kuyov bojalar, bu xonadonga oʼzlaridan koʼra omadliroq kuyov kelishini istashmaydi. Ularning niyati, Sevaraga birorta lapashangroq kuyov topish! Bojalar shu niyatda harakatni boshlab yuborishadi. Ular bu niyatiga yetishadimi? Oʼzi Sevaraning koʼngli kimda?