Filmda kichik Oʻzbek qishlogʻida oʻgʻli, kelini va 10 oʻgʻil nevarasi bilan yashovchi Anzirat ona haqida hikoya qilinadi (Anzirat ona rolini Zaynab Sadriyeva oʻynagan). Anziratning qattiqqoʻlligi sabab hamqishloqlari uni „General Buvi“, deb ataydi.
Anzirat ona yoshi ulgʻaygach ham dam olish oʻrniga baʼzi hamqishloqlarining yalqovligi, ochkoʻzligi va eʼtiborsizligiga chiday olmaydi, oʻz oilasida tartib oʻrnatishga harakat qiladi. Anzirat onaning oʻgʻli boʻlsa hamma vaqtini homilador ayoliga uy ishlarida yordam berish oʻrniga farzandlari bilan oilaviy futbol komandasi tuzishga bagʻishlaydi. Anzirat onaning vafotidan keyin qishloq aholisi usiz qishloqning huvillab qolganini sezadi. Ular Anzirat ona qishloqlarining vijdoni boʻlganini anglab yetishadi.