Botirning homilador xotini Diyora uydan ketib qoladi. Otasi va akasi Tohir gʼazabda oʼtirishibdi. Birgina onasi nima qilishini bilmay boshini ushlagan. Bu koʼngilsizliklarga sabab esa, oilaning yagona qizi, Botirning opasi Muazzam 13 yil xorijda musofirchilikda yurgach, ota uyga qaytadi. U avval fohishalik koʼchasiga qadam bosgan, soʼng oʼz erini oʼldirib, qamalib ham chiqqan edi. Buning uchun, uni otasi oq qilgan, akalari undan yuz oʼgirishgandi... Muazzamni 13 yildan soʼng, ota uyiga qaytishdan maqsadi nima oʼzi? U rostdan ham fohishalik qilganmidi? Qotillikka qoʼl urishining sababi nimada? Аkasi va ukasi u qaytgach, endi qanday yoʼl tutishadi? Botir-chi? U opasining qaytishi tufayli oilasi buzilib ketishiga jim qarab tura oladimi? Birgina qizi tufayli uyatdan boshi egilgan ota qanday yoʼl tutadi?