Bahrom xotini Shirin bilan ajrashmoqchi boʼladi. Shirin juda jonkuyar, mehribon rafiqa edi. Аmmo, Bahrom oʼz kotibasini sevib qolgan va unga uylanmoqchi edi. Hattoki, 6 yoshli qizchasi ham koʼziga koʼrinmasdi. Ukasi Botirning “kotibangiz suyuqoyoq” degan gaplari ham qulogʼiga kirmaydi. U oʼzicha mardlik qilib, xotiniga ajrim uchun pul ham taklif qiladi. Аmmo, Shirin ajrashishni istamaydi. Bahrom qaysarlik qilib turib oladi. Shunda noiloj qolgan xotini Shirin unga, ajrim kunigacha bir necha shart qoʼyadi. Bahrom noiloj bu shartlarni bajarishga rozi boʼladi. Bu qanday shartlar? Shirin oʼzi nima qilmoqchi? Bahrom xotinidan ajrasha oladimi?