Umidning xotini Malika homilador. U xotinining toʼlgʼoq vaqti yetgani uchun, tunda ishini tashlab, shoshib, mashinasini haydab uyga ketyapti. Telefonda birga ishlaydigan doʼstiga tongda ishga qaytishini aytib, vaziyatni tushuntiradi. Shu payt unga notanish raqamdan qoʼngʼiroq boʼladi. Qoʼngʼiroq qilgan odam, undan xorijga joʼnatishni soʼraydi. Umid hozir bu faoliyat bilan shugʼullanmayotganligini aytib, xayrlashmoqchi boʼlganda, qoʼngʼiroq qilgan odam, uni avval bir necha qizlarni firmasi orqali xorijga “oʼqish” deb, aslida fohishalikka yuborganligini aytib, tahdid qiladi. Umid qoʼrqib ketadi. U chindan ham, avval doʼstlari bilan shunday noqonuniy ishni amalga oshirgan edi. U bundan 6 oy avval yuz bergan voqealarni, oʼzi xorijga aldab fohishalikka yuborgan begunoh qizlarni eslaydi... Shu payt unga xotini Malika qoʼngʼiroq qilib, eshik qoʼngʼirogʼi jiringlayotganligini, oʼzini esa toʼlgʼoq tuta boshlaganini aytadi. Umid sarosimada qoladi. U uyga, xotini Malikaning yoniga yetib bora oladimi? Malika eson-omon farzandini dunyoga keltiradimi? Umidga tahdid qilayotgan aslida kim oʼzi?