«Qora bulut» (драма, узбекистан, 2023) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Qora bulut

--
--
12+
Год:2023
Жанр:Драма
Maqsud hammaga ibratli yigit boʼlib, singlisi Sevinchga juda mehribon edi. Qoʼshnisi Bahodir aka boʼlsa, aroqxoʼr, hattoki, bolalarining maktabda tushlik qilish uchun qolgan pullarigacha tortib olardi. Uning rafiqasi erining xoʼrliklaridan toʼyib ketgan edi. Bahodir aka hattoki, Maqsudni ham “yetim” deb haqoratlab, “meni ortimdan odam boʼlgansan, senga yordam qilganman” deb, u yoshlik vaqtida, unga qilgan yordamini ham yuziga solib kamsitadi. Maqsud uni tartibga chaqirishi naf bermaydi. Navbatdagi janjalda Bahodir aka rafiqasi va oʼgʼliga qoʼl koʼtarib, agar pul topib berishmasa, uyni sotishini aytadi. Oraga uchastka noziri aralashib, Bahodir akani qattiq tartibga chaqirib ogohlantiradi. Аmmo, Bahodir aka uning oldida ichmaslikka vaʼda bergan boʼlsa ham, salbiy odatini tashlamaydi. Shunda Maqsud qoʼshnisiga yordam qilish uchun biror chora topmasa boʼlmasligini anglaydi.