Аribek Farmonbibining nabirasi Muqaddas bibining uyida boʼlayotgan sumalak bazmi haqida hikoya qiladi. Muqaddas bibining kenja kelini Nigora bloger edi. U ovsinlari bilan hovlida fitnes gimnastika bilan shugʼullanganda, ovsini Sotti qaynonasiga chaqib beradi. Muqaddas bibi esa, kechqurun hovlisida katta sumalak boʼlishini aytib, ularni ishga soladi. Bu yoqda uning yon qoʼshnisi tezroq oʼgʼli Umarjonni uylantirish harakatida, qoʼshnisining qizi Zuhrani kelin qilmoqchi boʼladi. Аmmo, oʼgʼlining koʼngli esa, butunlay boshqa qizda edi. Bu vaqtda esa, Zuhraxonni Halimaxon oʼz oʼgʼli Yorqinxoʼjaga olib bermoqchi edi... Ular ham shu maqsadda Muqaddas bibining uyiga sumalak bazmiga kelishadi. Bu vaqtda jurnalistlar Muqaddas bibidan intervьyu olish uchun tortishib qolishadi. Bu yoqda Muqaddas bibining oʼgʼillari va kelinlari, hammalari oʼzlari bilan oʼzlari ovora edilar... Muqaddas bibining uyidagi sumalak bazmi qanday oʼtadi?