Uchta badavlat doʼst, birgalikda ovqatlanib, dam olish uchun, oʼzlari kutmagan holda, oʼzlari yoqtirmagan Аbdulla ismli tanishining restoranida yigʼilishadi. U yer Аbdullaniki ekanligini bilib, uchchovining ham kayfiyati tushib ketadi. Shu payt ulardan biri Baxtiyorning yoniga bir ishchisi, oʼzining mehnat haqini soʼrab keladi. Baxtiyor uning pulini bermay noinsoflik qilib, haydab yuboradi. Аbdulla buni koʼrib jahli chiqadi va “Bekor qilding. Sen buni qilgan ishini bir kun ham qila olmaysan!” deb, urishib beradi. Bu gap uchta doʼstning nafsoniyatiga tegadi. Ular xuddi oʼsha ishchidek qurilishda ishlay olishlarini aytishadi. Аbdulla ishonmaydi. Shunda 3 ta doʼst, bir kun davomida qurilishda haqiqiy ishchilardek ishlashga lafz qilishadi. Ogʼir mehnat qilib oʼrganmagan 3 yigit qurilishdagi mashaqqatli mehnatga dosh bera olishadimi? Ular lafzida tura olisharmikan? Oʼsha qurilishdagi bir kun davomida ularni nimalar kutyapti?