«Jaydari zarba» (Жайдари зарба, комедия, узбекистан, 2020) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Jaydari zarba

Жайдари зарба

--
--
12+
Год:2020
Qodirjon va Botirjon qurilishga ishga kirishadi. Ikkovi ham, talab boʼlgani uchun, pul topaman, deb astoydil mehnat qilishadi. Аmmo, birinchi kuniyoq ularning boshligʼi Farhod akani qimmatbaho mobil' telefoni yoʼqolib qoladi. Telefonni boshqa bir ishchi olgan edi. Аmmo, bundan bexabar Farhod aka, Botir va Qodirni oʼgʼirlikda ayblab, ular oʼqiyotgan institutga xabar qilib, u yerdan haydatishini aytib, tahdid qiladi. Qodirjon va Botirjon nima qilishni bilmay qolishadi. Shunda Botirjon oʼzining akasiga koʼngʼiroq qilib, ishini maqtab, uni Toshkentga chaqiradi. Botirjonning akasi gʼirt dangasa boʼlib, doim kunfu ustasi boʼlganini tush koʼrib yotardi. Ukasidan “oyligim 15 million” degan yolgʼon gapni eshitib, u oʼziga oʼxshagan qishloqda oʼziga sostav tuzib olib, toʼyga xonanda olib boradigan “administrator” doʼsti bilan birga shaharga, oʼsha qurilishga ishga kelishadi! Buni koʼrib, Botirjon va Qodirjonning boshligʼi Farhod aka qanday yoʼl tutadi? Ularni ishga oladimi? Farhod akaning qimmatbaho telefoni topilarmikan? Yigitlar shaharda oʼzlari istagandek pul ishlay olishadimi?