Bilolning ota-onasi Yusuf va Ziyoda ajrashishga ariza berishgan. Ziyoda instabloger, u kiyimlarni reklama qilib, pul ishlaydi. Folloverlari koʼp. Reklamada birovlarning bolasiga yaxshi gapiradi. Аmmo, oʼz bolasiga befarq. Uyda har kuni eri bilan janjallashadi. Bilol bechora ota-onasi kelguncha podьezdda kutib oʼtiradi. Qoʼshni ayolni unga rahmi keladi. Uning onasi Ziyodaga bolasining ahvoli haqida gapirib nasihat qiladi. Аmmo, ayol uni eshitishni ham istamaydi. Kunlar shu tarzda oʼtaveradi. Bir kuni esa, Bilol yoʼqolib qoladi... Shundagina uning otasi-onasi Yusuf va Ziyoda tashvishga tushib qolishadi va Ichki ishlar boʼlimiga murojaat qilishadi. Ichki ishlar xodimi oʼgʼli haqida soʼrab-surishtirgandagina bu befarq ota-ona oʼz bolasi haqida deyarli hech narsani bilmasliklari maʼlum boʼladi. Bilol topiladimi? Ota-ona oʼz aybini tan olarmikan?