Majid aka badavlat kafe egasi. Bir kuni u oʼz kafesida Laylo ismli juda yosh, goʼzal qizning ofitsiantlik qilayotganini koʼradi. Uning onasi xasta ekanligini, majburlikdan shu yerda ishlayotganini, himoya qiladigan hech kimi yoʼq ekanligini biladi. Soʼng, Layloga bir necha bor koʼp pul berib, oʼzini yordam qilayotgandek koʼrsatadi. Bechora Laylo uni “yaxshi inson” deb, oʼylaydi. Majid aka bir kuni qizni oʼz mashinasida uyga olib borib qoʼymoqchi boʼladi. Laylo soddalik qilib, rozi boʼladi va uni uyga olib borib, xasta onasi bilan tanishtiradi. Oʼzi esa, kiyimini almashtirib chiqib, choy qoʼyaman, deb ichkariga kirib ketadi. Qizning onasini oʼrnidan turolmasligini bilgan Majid aka, ichkari xonaga kirib, Layloga yopishib, oʼzining yovuz maqsadiga yetadi. Layloning onasi oʼrnidan turolmay, qiziga yordam berolmaganidan oʼkinib, uni ich-ichidan qargʼab laʼnatlaydi! Majid aka esa, kulib chiqib ketadi. Layloning onasi oʼsha yerning oʼzida yurak xurujidan vafot etadi. Nomusga chidolmagan Laylo, onasining oʼlganini koʼrib, oʼsha yerning oʼzida oʼzini osib qoʼyadi. Shu vaqtda Layloning kichik yosh bola ukasi kelib qolib, vaziyatni koʼradi va qoʼrqib ketadi. Bir necha kundan soʼng, Majid akaning xotini oʼzining kenja farzandini dunyoga keltirib, olamdan oʼtadi. Majid akani esa, tushida Layloning onasi kelib, laʼnatlaydi! Majid aka dahshatga tushadi. Nafs ustun kelib, qilgan gunohi, unga laʼnat olib kelishi ayon edi! Аmmo, qachon? Oradan yillar oʼtadi. Layloning ukasi voyaga yetadi. U opasining shaʼni uchun qasos olishi tayin edi... Majid aka esa, oʼsha koʼp yillar oldin qilgan laʼnatli gunohi uchun, oʼzini oldinda nimalar kutayotganidan hali bexabar edi...