«Dilozorim» (драма, узбекистан, 2018) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Dilozorim

--
--
12+
Год:2018
Жанр:Драма
Gulasal rektor Botir akaning qizi boʼlib, juda ham ilm olishga qiziqqan qiz. U bir kuni bir necha muhim kitobni kutubxonalardan izlashga tushadi. Аmmo, kitoblar oʼqishga berilgan boʼlib, ularning hammasi Firdavs Zokirov degan talabada edi. Gulasalni jahli chiqib, nechta kutubxonaga bormasin, hammasida kitoblarni faqat shu yigitda ekanligini aytishadi. Oxiri Gulasalning toqati toq boʼlib, oxirgi kutubxonadan chiqib ketayotganda, unga kutilmaganda oʼsha Firdavsning oʼzi duch keladi va kitoblarni unga oʼqishga beradi. Maʼlum boʼlishicha bu yigit Gulasalning otasi Botir akaning sevimli talabasi boʼlib, biroz vaqt xorijda boʼlib, oʼqishni tashlab ketgan edi. Endilikda esa, yurtga qaytib, oʼqishini davom ettirayotgandi. U Gulasalga kursdosh boʼlib chiqadi. Bundan qiz xursand boʼladi va ikkovi birga darsga ketishadi. U yerda esa, Gulasalni zimdan yoqtirib yurgan kursdoshi Jaʼfar Firdavsga haqiqiy raqibga aylanib, uning asabiga tegishni boshlaydi. Аmmo, bilim taraflama ham, kuch taraflama ham, Firdavs undan ancha ustun edi. Buni koʼrib, Jaʼfar bir reja oʼylashga tushadi. Bu sevgi uchburchagining taqdiri qanday kechadi? Gulasal kimni tanlaydi Firdavsnimi yoki Jaʼfarni?