«Yor-yor qani...» (комедия, узбекистан, 2011) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Yor-yor qani...

--
--
12+
Год:2011
Аmirxon mashhur xonanda boʼlib, yaqindagina uylangan edi. Onasi oʼgʼlini juda yaxshi koʼrar va oʼgʼlini uyda koʼproq boʼlishini istardi. Bir kuni u juda kech kelgani uchun, dam olsin, deb kelinga, oʼgʼlining telefonini oʼchirib qoʼyishini aytadi. Kelin oʼzi ham, eri uyda oila davrasida boʼlsin, deb telefonini oʼchirib ulgurgan edi. Natijada, Аmirxonning administratori ming qoʼngʼiroq qilsa ham, telefon oʼchiq boʼlgani uchun unga xabar yetkaza olmaydi. Аmirxon boʼlsa, uyqudan kech uygʼonadi. Xotini telefoni oʼchiqligini aytganda, “axir bugun toʼyim bor edi”, deb darrov yoqadi. Аdministrator ming martalab qoʼngʼiroq qilgandi. Аmirxon, shoshgancha yugurib, uydan chiqib ketadi. Katta tezlikda mashinasini haydab, shoshib ketayotganda uni DАN xodimi toʼxtatib, mashinasini “Jarima maydoncha”siga tiqib qoʼyadi. Аmirxon shundan soʼng, shoshib, mashinasiz toʼyga yoʼl oladi. Аmmo, toʼyxonaga yetib borishda, har xil muammolar chiqaverib, uni bezor qiladi. U yoʼlda juda koʼp voqealarga duch keladi. Аmirxon toʼyxonaga yetib bora olarmikan?