Erkin akaning rafiqasi 6 yil kutgan farzandi Yodgorni dunyoga keltirib, oʼzi olamdan koʼz yumadi. Bu xabarni eshitgan Erkin aka yiqilib, boshi bilan yerga urilib, hushidan ketadi va koʼzlari ojiz boʼlib qoladi. Аmmo, u oʼzini qoʼlga olib, yolgʼiz farzandi Yolgorni voyaga yetkazadi. Yodgor mehnatkash va aqlli yigit boʼlib voyaga yetadi. U tasodifan koʼchada badavlat xonadon qizi Nafisaga yordam beradi va uni sevib qoladi. Аmmo, Nafisaning badavlat otasi, yoshlarning tuygʼulariga qarshi edi. Yodgor va Nafisa ikki oʼt orasida qolishadi. Ularning taqdiri qanday kechadi? Yolgʼon dunyoda ularning chin muhabbati, gʼolib boʼla oladimi?