Temur Yulduzni sevadi va unga uylanish niyatida edi. Har kuni tushiga Yulduz kirar va tushida u bilan oila qurgan, 3 ta farzandi ham bor edi. Bir kuni shunday tush koʼrib, choʼchib uygʼongach, oʼzining tadbirkor akasi bilan gaplashadi. Аkasi, oʼsha qizni sevsa, tezroq uylanishi kerakligini aytadi. Temur Yulduz bilan uchrashib, niyati jiddiyligini bildiradi. Qiz ham oʼz navbatida, buning uchun otasi bilan uchrashishi zarurligini, otasi ham, Temur bilan suhbatlashmoqchiligini maʼlum qiladi. Temur xursand boʼlib, boʼlajak qaynotasi bilan uchrashuvga boradi. Аmmo, boʼlajak qaynota Temurni shu kungacha biror ishning boshini tutmagan takasaltang, bekorchi ekanligini yuziga solib, haydab yuboradi. Temur nima qilishni bilmay qoladi... Uni endi Yulduz bilan munosabatlarining taqdiri qanday boʼladi? Temurni oldinda nimalar kutyapti?