Аzizning oilasi nochor hayot kechiradi. Otasi aroqxoʼr boʼlgani uchun, doim ichib janjal qiladi. Аzizning oʼzi esa, durustroq ish qidirib, bormagan joyi qolmaydi. Kunlardan bir kuni, uni doʼstlari Mohir, Temur va Nosir birga ishlashga chaqirishadi. Chunki, ular Pitstsaxona (kafe) ochishgandi. Аziz ham u yerda doʼstlari bilan birga ishlay boshlaydi. Аsta-sekin ishlar yurishib, Аziz oilasini taʼminlay olish uchun yetarli pul topa boshlaydi. Uni halolligini bilgan doʼstlari, yangi filial ochganda, Аzizni oʼzi ishlagan joyga ish boshqaruvchi qilib qoʼyishadi. Аziz u yerda bir kuni Zarina ismli qizni yigʼlab oʼtirganini koʼrib qolib, unga koʼz yoshlarini artish uchun oʼz roʼmolchasini beradi. Ular bir-biriga koʼngil qoʼyishadi. Bu vaqtga kelib, Аzizning oilasidagi vaziyat taranglasha boshlagan edi. Zarina esa, afsuski unashtirilgan boʼlib chiqadi. U buni Аzizdan yashirgan edi. Аziz buni bilgach, qattiq tushkunlikka tushadi. Ikkovining taqdiri qanday kechadi? Аzizning oilasidagi vaziyat yaxshi tarafga oʼzgaradimi? Zarinaga uylanmoqchi boʼlgan yigit va Аziz oʼrtasidagi ziddiyat qanday yakun topadi?