«Ichkuyov» (Ичкуёв, комедия, узбекистан, 2009) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Ichkuyov

Ичкуёв

--
--
12+
Год:2009
Elyor Toʼytepalik talaba yigit. U kontraktini toʼlash uchun pul topolmay, noiloj mashina yuvish shaxobchasiga ishga joylashadi. Bu yoqda esa, shaharning badavlat tadbirkorlaridan biri Аnvarbek akaning qizi Goʼzal juda ham qaysar boʼlib, hamma kelgan sovchilarni rad qilayotgan edi. Аnvarbek aka uni doʼsti Shoxruh akaning oʼgʼli Ravshanbekka uzatmoqchi boʼladi. Аmmo, Ravshanbek bilan uchrashuvga chiqqan Goʼzal u bilan tortishib, ochiqchasiga rad etib qaytadi. Bundan jahli chiqqan Аnvarbek aka Goʼzalni qanday tarbiyalashni bilmay boshi qotadi. Goʼzal bir kuni mashinasini yuvdirish uchun, tasodifan Elyor ishlayotgan shahobchaga boradi va u bilan urishib ketadi. Jahl ustida Goʼzalning shapaloq tushirganiga chidolmagan Elyor, uning ustidan magʼzava toʼla chelakni agʼdarib yuboradi. Goʼzal yigʼlab otasiga shikoyat qiladi. Аnvarbek aka esa, qizi bilan urishishga jurʼat qilgan yigit bilan shaxsan gaplashish uchun Elyorning yoniga keladi. Uni Elyorga alohida taklifi bor edi. Аnvarbek aka Elyorga qanday taklif beradi? Elyor bu taklifga rozi boʼladimi? Goʼzalni oldinda nimalar kutyapti?
  • Фото актера
  • Фото актера
  • Фото актера
  • Фото актера