«Yangi kuyov» (Янги куёв, комедия, узбекистан, 2021) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Yangi kuyov

Янги куёв

--
--
6+
Год:2021
Sherali Sevara bilan sevishib turmush qurgan yangi kuyov. U aktyorlikka qiziqadi. Onasi Lobar opa va otasi Husan aka uning baxtidan xursand. Sevara yoshgina kelinchak, u hali qiyinroq ovqatlarni pishirishni bilmaydi. Shuning uchun, qaynotasi “xonim qiling” desa, xonimni buyurtma qilib, olib keltiradi. Buni Sherali bilib, norozilik bildirsa, bu ovqatni qilishni bilmasligini, keyinroq qaynonasidan oʼrganib olishini aytadi. Lekin, Sevara qaynonasi Lobar opa bilan yaxshi chiqishadi, uning telefonidagi telegramigacha toʼgʼrilab, musiqalar yuklab beradi. Sherali aktyorlikka qiziqqani uchun, probaga boradi va rolga berilib ketib, rejissyorga suv sepib yuboradi. Bu voqeadan soʼng, u oʼzi orzu qilgandek filьmda rolь oʼynay olarmikan? Sevara-chi? U Sheraliga bergan vaʼdasining ustidan chiqadimi? Otasi Husan aka va Lobar opaning rejalari qanday?