Badavlat oila farzandi Shaydo ota-onasidan erta ayrilgan. U otasining kompaniyasini boshqarib, koʼplab muvaffaqiyatlarga erishadi. Аmmo, unda manmanlik, kibrlik, bepisandlik paydo boʼla boshlaydi. Shunda u vaqtinchalik oddiy hayotda yashab koʼrmoqchi boʼladi. Chunki, unga mavqeyi uchun munosabatda boʼladiganlardan charchagan edi. Kutilmaganda u restoranda ishlaydigan oddiygina Sanjar ismli yigitni yoqtirib qoladi. Аmmo, Sanjar uni yoqtirarmikan? Shaydo oʼz orzulariga erisha oladimi? Uni qanday taqdir kutyapti?