«Ayriliq» (Айрилик, драма, узбекистан, 2014) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Ayriliq

Айрилик

--
--
12+
Год:2014
Жанр:Драма
Madina va Farhod bir-birlarini sevishardi. Аmmo, Farhod Madinaga uylanishi uchun moliyaviy va oilaviy tarafdan tayyor emasdi! Kunlardan bir kuni oʼgay onasi Madinani Umid ismli xotini bevaqt vafot etgan, badavlat tadbirkorga uzatmoqchi boʼladi. Chunki, Madinaning akasi Umiddan katta miqdorda qarz boʼlib, qarzini toʼlay olmagan edi... Madina bunga qattiq qarshilik qiladi, ammo akasining ahvolini koʼrib, noiloj rozi boʼladi. Chunki, oʼgay onasida ham ayb yoʼq, u ularni oʼz farzandidek koʼrardi. Umidning onasi juda yaxshi ayol boʼlib, u Madinani kelin qilgach, oʼz qizidek koʼrib mehribonlik qiladi. Umidning farzandlari esa, aksincha, Madinani yoqtirishmaydi. Madina bu xonadonga asta-sekin koʼnika boshlaganda, kutilmaganda Farhod paydo boʼladi. U Umid bilan tanish boʼlib chiqadi. Madina dahshatga tushadi. Chunki, u buni kutmagandi. Endi Madinaning taqdiri qanday kechadi? Umid uni toʼgʼri tushunarmikan? Farhod-chi? Uning maqsadi nima? Umidning farzandlarini Madina bilan munosabatlari qanday kechadi? Madina oʼzini oldinda nimalar kutayotganligidan bexabar edi...