"Sevara badavlat xonadonning qizi boʼlib, qayligʼi Tohir uni juda sevardi. Аmmo, u saratonga chalinib, oʼlimi yaqinligi aniq boʼlgach, Tohir unga uylanishdan voz kechadi. Sevara buni bilgach, dard bilan olishib soʼngandan koʼra, oʼz joniga qasd qilmoqchi boʼladi. Shunda uni Farrux bu yoʼldan qaytaradi.
Farrux soddaligi tufayli, tushunmovchilik boʼlib, jinoyatga aralashib qolib, qamalib chiqqan, avval bankda ishlagan yigit edi. U kelishuv asosida Sevaraga uylanadi. Chunki, Sevara oʼlimi oldidan oʼz toʼyini koʼrgisi kelayotgandi. Farruxga esa, uni qoʼllab-quvvatlaydigan badavlat qaynota zarur edi. Bu kelishuvli oilaning taqdiri qanday kechadi? Sevara xastalikka oʼz umrini boy beradimi? Farrux Sevarani faqatgina boyligi uchun uylanganmidi?"