Baxtiyor va uning doʼstlari Sardor, Sodiq, Erik hammalari juda ham urishqoq boʼlib, maktabni bitiruvchi sinfida oʼqishardi. Ular badavlat oilaning farzandi boʼlgan Sherzod bilan doim mushtlashishardi. Sherzod ham, doim ular bilan janjal chiqarishni yaxshi koʼrardi. Maktabni tugatgach ham, bu adovat davom etadi. Kunlardan bir kuni Baxtiyor bir qizni sevib qoladi. Аmmo, Sherzod otasining mavqeyidan foydalanib, oʼsha qizga uylanmoqchi boʼladi. Bundan tashqari, u Baxtiyorni butunlay yoʼq qilishga ahd qiladi... Аmmo, Baxtiyor ham, anoyilardan emasdi... Baxtiyor va Sherzod oʼrtasidagi adovat qanday yakun topadi? Baxtiyor oʼz baxtiga erishadimi?