Ravshan taniqli boksyor. U doʼstlari bilan garov oʼynaydi va yutqazgach, doʼstlari unga oʼz restoranida ofitsiantlik qilishni topshirishadi. Ravshan bunga zoʼrgʼa rozi boʼladi. U ataylab xodimlariga javob berib yuboradi. Shunda kafega kutilmaganda 2 ta qiz kirib olishadi. Ravshan ularga kafe yopiqligini aytadi. Аmmo, qizlar chiqib ketishni istashmaydi. Boshliqni chaqirishni talab qilishadi. Shunda Ravshan oʼzining boshliqligini aytsa, qizlar ishonishmaydi. Shunda doʼstlardan biri “bu yangi ofitsiant” deb, vaziyatdan chiqadi va qizlardan uzr soʼrashini aytadi. Ravshan noiloj shunday qiladi. Qizlar chiqib ketishadi. Ravshan esa, ulardan biri Zilolani yoqtirib qoladi. U Zilolani yana koʼrarmikan?